Aguero eng zo‘r to‘purarga aylanadi

  • 3 yanvar, 2017, 09:00
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN
 
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero Angliya premer-ligasining 20-turida "Byornli" darvozasini ishg‘ol qilib, ushbu jamoadagi 153-golini kiritdi.
 
Bu natija argentinalik hujumchini "Manchester Siti" to‘purarlari ro‘yxatida uchinchi o‘ringa olib chiqdi.
 
Klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatini 177 ta gol urgan Erik Bruk va raqiblar darvozasini 166 ta marotaba aniq nishonga olgan Tommi Jonson boshqarmoqda.
 
28 yoshli Aguero hamon faoliyatini davom ettirayotgan va odatdagidek mavsum davomida ko‘p gol urayotganini inobatga olsak, argentinalik hujumchi tez orada "Manchester Siti"ning eng zo‘r to‘purariga aylanadi.
 
 
Joriy mavsumda Serxio Aguero 14 ta uchrashuvda raqiblar darvozabonlarini 11 marotaba hafa qildi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!