AIBAning sobiq prezidenti - G‘ofur Rahimov O‘zbekiston professional boks federatsiyasida ish boshladi

  • 16 aprel, 2022, 21:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston professional boks federatsiyasining navbatdan tashqari konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, yig‘ilishda federatsiya Ijroiya qo‘mitasining yangi tarkibi tasdiqlandi. Unda hozirda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) bosh kotibi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Umid Yakubov O‘zbekiston professional boks federatsiyasi prezidenti etib saylandi.

Tajribali mutaxassis, tadbirkor G‘ofur Rahimov birinchi vitse-prezident lavozimini egalladi. Shuningdek, Ziyovuddin Xojiniyozov federatsiya vitse-prezidenti bo‘ldi. Ular vazifalariga jamoatchilik asosida saylanishdi.

Ma’lumot uchun, bungacha O‘zbekiston professional boks federatsiyasi raisi sifatida Isroil Yunusov, birinchi vitse-prezident sifatida esa Abdulloh Sagdiev faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!