
Akbar Jo‘raev - Olimpiada rekordchisi va Olimpiada chempioni!
Og‘ir atletikachimiz Akbar Jo‘raev Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida delegatsiyamizning uchinchi medalni olib keldi. Hamyurtimiz jamoamiz hisobiga oltin medalni qo‘shib qo‘ymoqda.
Dast ko‘tarish mashqida 193 kg natija qayd etib, raqobatchisi armanistonlik Simon Martirosyandan 2 kg ortda qolayotgan Jo‘raev siltab ko‘tarish mashqi yakunida raqibini katta farq bilan ortda qoldirib delegatsiyamiz hisobiga oltin medal qatori Olimpiada rekordini ham qo‘shib qo‘ymoqda. Umumiy natija 430 kg!
Ushbu muvaffaqiyat barcha yurtdoshlarimizga muborak bo‘lsin!
Fikrlar