Akmal Shorahmedov - terma jamoamizga kim etishmasligi, Saudiyani yutishimizga ishonayotgani, kuchli va kuchsiz jihatlarimiz haqida

  • 7 iyun, 2021, 17:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoamizning rasmiy o‘yinlarini ham sog‘ingandik. Mana, o‘sha kunlar keldi va bugun vakillarimiz Singapurga qarshi maydonga tushishadi.

Tecno

Shuningdek, bizni oldinda Yaman hamda Saudiya Arabistoniga qarshi bellashuvlarimiz ham bor. Hamma esa saudiyaliklarga qarshi o‘yinni katta qiziqish bilan kutayotgani sir emas. Bu borada futbolimiz mutaxassislari ham o‘z fikrlarini bildirishyapti.

Bugungi kunda “Neftchi” sharafini himoya qilayotgan terma jamoamizning sobiq futbolchisi – Akmal Shorahmedov sports.uz muxbirining terma jamoamizga doir savollariga javob qaytardi.

- Vadim Abramovni Saudiya Arabistoniga olib ketgan tarkibi bo‘yicha fikringiz qanday yoki kimnidir chetda qoldirdi, deb o‘ylaysizmi?

- Vadim Abramov tarkibga jalb qilgan barcha futbolchilar yaxshi saviyada, murabbiyning tanlovlariga qo‘shilaman. Faqatgina Farrux Sayfievni tashlab ketganini noto‘g‘ri, deb o‘ylayman. Chunki u oxirgi ikki yilda Osiyo Chempionlar ligasida ham, boshqa musobaqalarda ham yaxshi o‘ynayapti. Shu bilan birga Sayfievning jismoniy tayyorgarligi va o‘yini bo‘yicha jamoasida eng kuchlisi bo‘lsa kerak. Jaloliddin Masharipov bilan ham u bir qanotda juda yaxshi tandem sifatida o‘ynay oladi. Albatta, tarkibga kimni jalb qilishni murabbiy hal qiladi. Men faqat shaxsiy fikrimni aytyapman. Ibrohimxalil Yo‘ldoshev ham yomon o‘yinchi emas. Ammo Farrux Sayfiev kabi u katta hajmdagi ishni bajara olmaydi, deb o‘ylayman.

akmal3

- Ayting-chi, Saudiya Arabistonini yutish uchun nima qilish kerak?

- Saudiya Arabistoni yutib bo‘lmaydigan jamoa emas. Bizning hozirgi tarkibimiz bilan g‘alabaga erishsa bo‘ladi, yutadi, deb o‘ylayapman. Faqat o‘yin boshida, aytaylik 15-20 daqiqa davomida gol o‘tkazib yubormasligimiz kerak. Jismoniy jihatdan ularga qaraganda kuchliroqmiz, deb hisoblayman. Uchrashuv oxirlarida gol urib ketishimiz mumkin. Tarkibimizga qarasak, baribir jismoniy tomondan kuchli futbolchilar yig‘ilgan. Menimcha, ikkinchi taymda terma jamoamiz yaxshiroq o‘yin ko‘rsatadi va shuning evaziga uch ochkoni qo‘lga kiritsak kerak.

- Shaxsan sizda terma jamoamizning muhim o‘yinlari oldidan qanday xavotir bor?

- Xavotir har doim bo‘ladi. Birinchi navbatda Singapur bilan Yamanni yutib olishimiz lozim. Bu – futbolda, ba’zi paytlarda oddiy raqibga qarshi ham ochko yo‘qotib qo‘yish mumkin. Hozir Saudiyani o‘ylab turib oldimizdagi o‘yinlarda ochko yo‘qotadigan bo‘lsak, hammasi rasvo bo‘ladi. Avvalo, ikki uchrashuvni jarohatlarsiz o‘tkazib, g‘alabalarga erishib, keyin Saudiyaga qarshi bahs haqida o‘ylashimiz lozim. Mabodo, ungacha yutqazib, keyin Saudiya Arabistonini yutsak unda maqsadga erisha olmaymiz.

akmal_5

- Nima deb o‘ylaysiz, Abramov qaysar murabbiymi?

- Abramov o‘z fikriga ega bo‘lgan, kichik pas orqali o‘ynaydigan murabbiy. Baribir markaziy himoyamizda bo‘y jihatidan pastroq futbolchilar to‘p suryapti. Oldin Anzur Ismoilov bor edi, u bo‘ydor himoyachi. Markaziy himoyada aynan unga o‘xshagan bo‘yi baland o‘yinchi bo‘lishi kerak. Eron, Avstraliya, Koreya singari kuchli raqiblar bilan o‘ynaganda ular standart vaziyatlarda ko‘pincha bosh bilan darvozamizga gol urib ketishadi. Murabbiyimiz futbolchilarni haddan ortiq texnikasiga ahamiyat qaratib yuboradi. Evropada kuchli klublarni ko‘rsangiz ham hech bo‘lmaganda bitta bo‘yi baland himoyachisi bo‘ladi.

- Terma jamoamizda asosan qaysi futbolchimizdan ko‘proq umid qilyapsiz?

- Terma jamoamizda hozirgi paytda eng zo‘r formadagi futbolchilar – Jaloliddin Masharipov, Otabek Shukurov va albatta Eldor Shomurodov. Qolganlar ham yomon formada emas. Odil Ahmedov har qanday sport formasida ham jamoaga foyda keltira oladi. Bizda hali Odilning o‘rnini bosadigan o‘yinchi tayyor emas. U bizga katta yordam beradi deb o‘ylayman. Hojimat Erkinovni ham zaxiradan maydonga tushishi syurpriz bo‘ladi. Chunki hali terma jamoalar uning qanday kuchga egaligini bilishmaydi. Bu futbolchining tezkorligi ham jamoamizga yordam beradi, deb hisoblayman.

akmal2_2

- Eng kuchli va zaif nuqtalarimizni ayta olasizmi?

- Eng kuchli tarafamiz – yarim himoya va hujumkor yarim himoyachilarimizni ayta olaman. Eng kuchsiz jihatimiz?! Baribir himoyada bo‘ydor futbolchilarimiz bo‘lsa yaxshi bo‘lardi. Lekin hozirgilari ham chakki emas. Dunyo futbolini ko‘rsangiz, standart vaziyatlar ko‘p narsani hal qilayotganini ko‘rish mumkin. Terma jamoamizda esa futbolchilar bo‘y jihatidan kichiklashib qolishdi. Hozirgi futbolda jismoniy tomondan yaxshi ko‘rsatgichlar ham ko‘p narsani hal qilyapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
07/06/2021 17:26
Qaytam. hozir himoya kuchli. Umar bilan Husniddin. quysa. Odil Ahmedovni urnini bemolol Hamrabekov bosadi. hozir kuchli uyinchilardan. va kelajakka ham uz pazitsasiga kuchli uyinchila qolib ketkan. Sherzod Nasrulloev. Farruh Sayfiev. Akmal Mazgavoy. bula. klass buyicha ham bir bosh ustin. bulani nimani evaziga olinmagan bilmayman. oddiy misol Islom Tuhtahujaev. nimaga chaqergan hozir ogirki u. yoki bulmasa Ikrom Alijonov. yaqinda uzi jarohatidan tuzaldi. qisqasi. shu murabbiyla har bitta uyinchila batafsul tuhtalib berib olmaydi uzi ham
&
Ашуров Бахтийор
07/06/2021 18:43
Сиз атайотганлар кучли булса бордир.Лекин айни дамдаги химоя чизиги Т/Ж тарихидаги энг зайифи.Химояда хеч булмаса бир-иккита буйдорларлар булганда стандарларда фойдаси тегармиди.Бизни энг кучли нуктамиз доим дарвоза чизиги булиб келган.Хозир бу хам,огрикли нукталардан бирига айланиб улгурган.Хозирги таркиб буй жихатдан жуда кичрайиб кетган.Дарвозабонлар хам,тупни такрорий зарбалардан кийин утказишга жуда уста булиб кетишган.Айникса арабларни офсайт чизигида туриб такрорий зарбалардан гол уриб кетишга куп бора гувох булганман.Яна хам,билмадим,ВаАллахАлам!Т/Жмизга омад!!!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
07/06/2021 22:21
Buy jihatdan. tugri. pas lekin. himoyaga Husniddin Umar. kuchliki.
&
Ашуров Бахтийор
07/06/2021 17:15
Акмал 100%хак!!!
07/06/2021 21:20
Акмални фикрига 100%кушиламан