"Al-Sadd" murabbiyi va futbolchisi "Nasaf"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?

  • 7 aprel, 2022, 18:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ertaga "Nasaf" OChL guruh bosqichi birinchi turida "Al-Sadd"ga qarshi maydonga tushadi. Bugun o‘yin oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda dastlab, qatarliklar bosh murabbiyi Xavi Grasiya va futbolchi Rodrigo Tabata ishtirok etdi.

Murabbiy: – Biz e’tiborimizni ertangi o‘yinga qaratamiz. Ushbu turnirni g‘alaba bilan boshlamoqchimiz. Guruhda barcha raqiblarni hurmat qilamiz. 

Futbolchi: - Ramazon muborak! Bu musobaqa boshlanishini intiqlik bilan kutyapmiz. Raqiblarni hurmat qilamiz. Birinchi turda kuchli jamoaga qarshi o‘ynaymiz. Qiyin o‘yin bo‘ladi, biroq jamoamiz ijobiy natija ko‘rsatishga harakat qiladi. 

Murabbiy: - Aytganingizdek, biz chempionatni mag‘lubiyatsiz yakunladik. Bor yo‘g‘i ikkita durang o‘ynadik. To‘g‘ri, bu boshqa musobaqa, biroq biz kubokda yarim finalda yutqazdik. Biz yaxshi o‘yin o‘tkazmagandirmiz, ammo bu vaqt davomida o‘z ustimizda ishladik. Bir nechta futbolchilarimiz terma jamoa yig‘inida ishtirok etdi. Musobaqaga ayrim vaqt ularsiz tayyorgarlik ko‘rdik.

Hozirdan ikkinchi o‘yinga e’tibor qaratishimiz to‘g‘ri, deb bilmayman. Oldinda bizni "Nasaf" bilan o‘yin kutyapti. Biz bu uchrashuvni muvaffaqiyatli yakunlamoqchimiz. Shunga qaramay, raqibni kuchli jamoa ekanligini bilamiz. Ular safida yuqori saviyadagi futbolchilar yig‘ilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!