Alaba "Bavariya"dan ketishga tayyor

  • 9 sentabr, 2020, 19:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" himoyachisi David Alaba jamoadan ketishga tayyor. Bu haqda jurnalist Kristian Falk o‘z tvitter sahifasida xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Germaniya chempioni avstriyalik futbolchining moliyaviy talabini qoniqtira olmayapti. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv esa yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois myunxenliklar joriy transferlar oynasi yopilgunicha Alabani sotib, uning transferidan ma’lum miqdorda mablag‘ ishlab olishni ko‘zlayotgan bo‘lishi mumkin.

28 yoshli Alaba “Bavariya” safida 2009 yildan buyon to‘p surib keladi. U o‘tgan davr mobaynida 386 ta o‘yinda maydonga tushdi va 31 ta gol hamda 48 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!