
Alaba "Bavariya"ga qanday shart qo‘ymoqda?
«Bavariya» klubi rahbariyati hamon himoyachi David Alaba bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Sport1 tarqatgan xabarga ko‘ra, avstriyalik futbolchining agenti Pini Zaxavi hamda otasi muzokaralar o‘tkazmoqda. Ular Alabani Virjil van Deyk (85 million evro), Xarri Maguayr (87 mln evro) va Emerik Laport (65 mln evro) kabi dunyoning eng zo‘r himoyachilari qatorida ekanini aytib, uning maoshi ham shunga yarasha bo‘lishi kerakligini talab qilishmoqda. Alaba “Bavariya”dan yiliga kamida 20 mln evro maosh talab qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Alaba joriy mavsum Bundesligada 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar