
Alaba uchun kutilmagan xaridor paydo bo‘ldi
“Bavariya” klubi himoyachisi David Alaba faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Sport1 nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 27 yoshli avstriyalik futbolchiga “Inter”dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Uni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte tarkibda ko‘rmoqchi. Italiyalik mutaxassis Alabani “Chelsi”da ishlab yurgan paytlaridan boshlab kuzatib kelmoqda.
Alaba joriy mavsum Bundesligada 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi. Uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar