Aleks Fergyuson MYu bosh murabbiyligiga o‘ziga yoqadigan mutaxassisni joylamoqchi
“Manchester Yunayted”ga kuchli ta’sir o‘tkazishga qodir ser Aleks Fergyuson jamoani shug‘ullantirishga o‘zi istagan murabbiyni jalb qilish harakatiga tushdi.
Football Insider xabariga ko‘ra, shotlandiyalik mutaxassis bosh murabbiylikka Stiv Bryusni qo‘yish kerakligini ta’kidlamoqda. Stiv Bryus “Nyukasl” saudiyaliklar qo‘liga o‘tganidan keyin yaqinda iste’foga chiqarilgan edi.
Avvalroq, Stiv Bryusning o‘zi mavsum oxirigacha “Manchester Yunayted”ni boshqarishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
“Manchester Yunayted” rahbariyati esa, yozda jamoani Maurisio Pochettinoga topshirmoqchi.

Fikrlar