
Aleks Fergyuson Ronalduni maqtadi
"Manchester Yunayted" klubining afsonaviy murabbiyi ser Aleks Fergyuson 10-marta Portugaliyaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan sobiq shogirdi Krishtianu Ronalduni tabrikladi.
«Men Krishtianuni bunday muvaffaqiyat bilan tabriklayman. Bunday damda uning yonida emasligimdan afsusdaman. Tarixga nazar tashlasak, men uni 17 yoshli bolakay sifatida «Manchester Yunayted»ga kelganini yaxshi eslayman. Uning inson va sportchi sifatida o‘sganini guvohi bo‘ldim.
Men Ronalduning oilasiga rahmat aytaman, ularning barchasiga qoyil. Uning qanday ishlayotgani va o‘sayotganini ko‘rish men uchun baxt», - deydi shotlandiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2003-2009 yillarda MYuda aynan ser Aleks Fergyuson qo‘l ostida to‘p surgan.
Fikrlar