
Aleksandr Emelyanenko: "Fyodor bilan onamiz orqali gaplashamiz"
Rossiyalik jangchi Aleksandr Emelyanenko “SE “ga o‘zining akasi Fyodor bilan munosabatlari haqida gapirib berdi. Ancha avval, ommaviy axborot vositalarida ular orasida mojaro kelib chiqqanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, o‘tgan yili Aleksandr akasi bilan yarashishga tayyorligini aytgandi.
Fyodor bilan aloqalar tiklanishi borasidagi savolga Aleksandr quyidagicha javob berdi.
“Biz onamiz orqali gaplashamiz. Onam har doim menga: "Tinchlik o‘rnat, yarashinglar" deb aytadi. Ha, biz janjalli holatda emasmiz! Shunchaki shunday lahzalar bo‘lib turadi ... Ba’zan bo‘lgan voqealarga boshqacha qaraymiz, keyin hamma narsa aksincha ekanligini tushunamiz. Fyodorga nisbatan xech qanday xusumatim yo‘q. Lekin uning oldiga yugurib borib: "Fedya, kechir, yarashaylik!" demayman. Nima uchun? U o‘z ishini qiladi, men esa o‘zimniki qilaman. Biz bir-birimizga yomonlik qilmaymiz. Uning o‘z oilasi, o‘z jamoasi bor. Menda ham huddi shunday.
Fikrlar