Aleksandr Krestinin: "O‘yindan-o‘yinga o‘sib boramiz"

  • 13 avgust, 2023, 00:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Bunyodkor” – “Andijon” (2:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumaninng ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin qatnashdi.

- Avvalo, o‘yin borasidagi taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.

- Jamoa va uning muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman. Ruhan va ortiqcha yuqlama bor edi. Yigitlarga barakalla, irodali g‘alabaga qozondik.

- Yangi qo‘shilgan legioner Tairaning jarohati jiddiy emasmi?

- Ha, unda jarohat bor. Tiklanish jarayonida muhlati qanchaligini aniq ayta olmayman. Asosiysi, tiklanib bormoqda.

- Farruh Ikromovni zaxiradan maydonga tushirdingiz va yana zaxiraga oldingiz. Bunga qanday izoh berasiz?

- Ikromov bugun kutilgan darajada faol bo‘la olmadi. Mashg‘ulotda yaxshi edi, u to‘la kuch bilan o‘yinga ko‘shildi. Lekin o‘z o‘yinini ko‘rsata olmadi.

- “Bunyodkor” nihoyat bu yil o‘z maydonidagi dastlabki g‘alabasiga erishdi. Jamoangizning qaysi bo‘limida namoyish etgan o‘yinidan ko‘proq qoniqish hosil qildingiz?

- Men bu o‘z maydonimizdagi birinchi yutug‘imiz ekanligini bilmagan edim. Hammani tabriklayman. O‘yinni o‘z qo‘limizga olyapmiz. Albatta, to‘p bilan ko‘proq harakatlandik, nazorat qildik. Kutilmaganda tezkor gol o‘tkazib yubordik. Ko‘proq to‘p bilan muomala qilib, tashabbus ko‘rsatdik. Ikkala bo‘lim ham bizning tashabbusimiz ostida o‘tdi. Raqib yaxshi jamoa ekan. Tartibli o‘ynadi. Hujumlar tashkil etdi. O‘tgan o‘yinga nisbatan bu safar hammasi o‘xshadi, yana biroz vaqt kerak. O‘yindan-o‘yinga o‘sib boramiz.

- Farhod O‘tkirov ancha ekrin to‘p suryapti. U uslubingizga moslashyaptimi yoki...

- Farruhda katta potentsial bor. Mashg‘ulotlarda yaxshi ishlab ter to‘kmoqda. Hech kimga e’tirozim yo‘q. Hamma yigitlar qo‘shib borishmoqda va bu jarayonda o‘sib borishadi. Buni hisobga olib, ish olib bormoqdamiz.

“Andijon” matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!