
Aleksandr Lyakazett "Arsenal"ning ilk o‘yinida gol urishga muvaffaq bo‘ldi
Evropa klublari dunyo bo‘ylab o‘z turnesini boshlab yubordi.
Avstraliyaga sayohat uyushtirgan Londonning “Arsenal” jamoasi mahalliy “Sidney FK” futbolchilari bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida zafar quchdi. “To‘pchilar”ning yangi a’zosi Aleksandr Lyakazett ilk o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Afrikaga yo‘l olgan “Everton” ham g‘alaba nashidasini surdi. Uzoq yillardan keyin “Everton”ga qaytgan Ueyn Runi yangi jamoasida ilk golini urdi va yakunda “irislar” 2:1 hisobida zafar quchdi.
“Valensiya” esa safarda “Sporting” bilan to‘qnash keldi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mario Balotelli bitta gol urgan o‘yinda “Nitstsa” 3:2 hisobida “Gent”ni taslim qildi.
“Sidney FK” (Avstraliya) – “Arsenal” Angliya – 0:2 (0:1)
Gollar: 0:1 – Mertesaker, 4. 0:2 – Lyakazett, 83.
“Gor Maxiya” (Keniya) – “Everton” (Angliya) – 1:2 (1:1)
Gollar: 0:1 – Runi, 35. 1:1 – Tuyisenge, 37. 1:2 – Kiran, 82.
“Sporting” (Portugaliya) – “Valensiya” (Ispaniya) – 0:3 (0:2)
Gollar: 0:1 – Orelyana, 22. 0:2 – Rodrigo, 28. 0:3 – Nacho, 67.
“Gent” – “Nitstsa” 2:3
Gollar: 1:0 – Verstrade, 13. 1:1 – Mario Balotelli, 41. 1:2 – Suket, 52. 2:2 – Simon, 66. 2:3 – Plea, 90.
Fikrlar