
Aleksandr Zverev "US Open"ni tark etdi
Germaniyalik tennischi Aleksandr Zverev va argentinalik Diego Shvartsman "US Open" turnirining chorak final bosqichida o‘zaro kuch sinashdi.
Keskin va murosasiz o‘tgan ushbu uchrashuvda Sasha kutilmaganda 6:3, 2:6, 4:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Shvartsman, endi Nyu-York shahrida ispaniyalik Rafael Nadal yoki xorvatiyalik Marin Chilichga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar