Aleksey Evstafeev: "Tarkib tanlashda adashdik"

  • 17.04.2023 08:44
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Pro-liganing 5-turida “Yunired” - “Sho‘rtan” (2:1) uchrashuvidan so‘ng g‘uzorliklar bosh murabbiyi Aleksey Evstafeev o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“O‘yin biz o‘ylagandek bo‘lmadi. Birinchi bo‘limda ustunlik biz tomonda edi. Ko‘plab golli vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda xushyorlikni yo‘qotganligimiz sababli ikkita golni o‘tkazib yubordik.

Mening fikrimcha, bugungi o‘yinga tarkib tanlashda adashdik. Mag‘lubiyatni o‘z zimmamga olaman. Xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, ishlashda davom etamiz. Keyingi bellashuvlarga tayyorgarlik ko‘ramiz”.

“Sho‘rtan” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!