
Alisher Azizov: "Lokomotiv"dan taklif bo‘lgandi, ammo...
Bangladesh chempionatida o‘ynab qaytgan hujumchi Alisher Azizov hozir qaerda? Nega hech bir jamoada ko‘rinmayapti? Bu borada u sports.uz sayti uchun shunday dedi:
- “Lokomotiv-BFK”da shug‘ullanib turmoqchiman. Agar ikkinchi davra uchun ro‘yxatdan o‘tkaza olishsa, sport formamni ushlab turish maqsadida o‘sha erda o‘ynayman. Superligaga o‘tishga ulgurmadim-ku. Shu sababli vaqtinchalik o‘sha erda o‘ynab turaman.
Menga “Lokomotiv”ning o‘zidan ham taklif tushgandi. Dilshod aka Nuraliev jamoani boshqarib turgan paytda menga kelasanmi, deb aytgandi. Keyin esa, u erda o‘zgarishlar bo‘lib ketdi, transfer oynasi ham yopildi. Shundan keyin hech qaerga ulgurmadim, - dedi Azizov.
Fikrlar