
Alisher Sadullaev shaxmatchilarimizga bo‘layotgan bosim haqida fikr bildirdi
Shaxmat jamoamiz 44-Butunjahon Olimpiadasida g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi prezidenti Alisher Sadullaev "Telegram"dagi sahifasi orqali sportchilarimizga bosimni oshirmaslik haqida fikr bildirdi:
"Juda muhim masala — ko‘pchilik yigitlarimizni ortiqcha bosim ostida qoldirmaslik haqida fikr bildirishmoqda. Bu juda o‘rinli mulohaza. Biz kuniga 5 yoki 10 daqiqa ular bilan muloqot qilamiz, asosiy vaqtni ular murabbiylari bilan o‘tkazishadi.
O‘z o‘rnida ishonamanki media faollari ham terma jamoamiz a’zolarining yaqinlari ham jamoamizga ortiqcha bosim o‘tkazmaydilar. Ular allaqachon qanday jamoa ekanliklarini isbotlashdi. Jamoamizga omad!"
Ma’lumot uchun, erkaklar jamoamiz 16 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar