Allegri PSJ da ish boshlashi kutilmoqda

  • 28 sentabr, 2019, 09:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Turinning "Yuventus" klubi sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri PSJni boshqarishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar rahbariyati chempionatdagi 2 ta mag‘lubiyatdan so‘ng Tomas Tuxelni iste’foga chiqarish haqida o‘ylay boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Allegri “Tottenxem”dan ketishi mumkin bo‘lgan Maurisio Pochettinoning o‘rnini egallashi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Allegri 2014-2019 yillarda “Yuventus”ni boshqargan va bu vaqt ichida 5 karra Italiya chempioni qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Admiral_uz
28/09/2019 09:41
Nima PSG ga Fransiya chempionligi kerakmikan, UCHL da Realni yutdiku balki chempion qilar