Allegrining "Yuventus"dan ketishi tobora oydinlashib bormoqda

  • 28 noyabr, 2023, 18:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri mavsum yakunida jamoani tark etishi kutilmoqda. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. 

Tecno

"Football Italia" nashrining ma’lum qilishicha, rahbariyat va murabbiy o‘rtasida yangi shartnoma borasida muzokaralar olib borilmayapti. Uning o‘rniga italiyalik boshqa mashhur mutaxassis Antonio Kontening jamoaga olib kelinishi kutilmoqda. 

Allegrining Saudiya Arabistoniga ketish ehtimoli ham yo‘q emas. Shuningdek, u Evropaning boshqa top jamoasida ham faoliyat olib borishga qarshi emas. 

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda "Yuventus" A Seriya 13-turidan so‘ng 30 ochko bilan 2-pog‘onani band etib turibdi. Turinliklar bu mavsum hech qanday evrokuboklarda qatnashmayapti. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!