Alonso «Barselona» futbolchisining transferiga rozilik berdi
«Barselona» tarkibida harakat qilayotgan himoyachi Jyul Kunde yaqin vaqtlarda Londonning «Chelsi» klubiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, «Chelsi» va Angliyaning boshqa yetakchi jamoalariga Kunde qishki transfer oynasida sotuvga qo‘yilishi mumkinligi haqida ma'lumot yetkazilgan. «Sinilar» bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaning o‘ng qanot himoyasida raqobatni kuchaytirishni istamoqda va Kunde transferi uni juda qiziqtirmoqda. Shu bilan birga, 27 yoshli fransuz himoyachisiga «Liverpul» va «Bavariya» klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Kunde barcha musobaqalar doirasida beshta o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli pas bilan ajralib tura olmadi.

Fikrlar