
Alonso: "Jamoam bilan birga, finalga chiqishni xohlaymiz"
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati–2025 starti haqida fikr bildirdi:
"Bizning birinchi o‘yingacha bor-yo‘g‘i uchta mashg‘ulotimiz bor, lekin jamoa katta entuziazm va ambitsiya bilan kelgan. Bu turnirni yaxshi o‘tkazish va finalga chiqishni xohlaymiz" — deya murabbiy so‘zlarini keltiradi "Madrid Universal".
Turnir bugun, 15 iyun kuni start oldi. Ilk uchrashuvda "Al-Ahli" va "Inter Mayami" 0:0 hisobida durang qayd etdi.
"Real" musobaqadagi o‘z yurishini 18 iyun kuni "Al-Hilol"ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00da start oladi.
Fikrlar