
Alonso “Real”ni boshqarishga tayyormi? David Vilya qisqacha javob berdi!
Ispaniya terma jamoasi va "Barselona"ning sobiq hujumchisi David Vilya Xabi Alonsoning murabbiylik faoliyati va uning kelajagi haqida fikr bildirdi.
"Xabi Alonso “Real”ni boshqarishga tayyormi? Bilmayman. Faqat shuni ayta olamanki, u mening ajoyib do‘stim va sobiq jamoadoshim. U “Bayer”da ajoyib ish qilmoqda va men unga faqat omad tilayman" — deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi ispaniyalik sobiq hujumchi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, markaziy yarim himoyachilar odatda taktik jihatga katta e’tibor qaratadi va bu holatda Xabi murabbiylik uchun munosib shaxs bo‘lishi mumkin. Biroq, Vilya bunday qobiliyatni oldindan aniqlash oson emasligini ta’kidladi.
Ma’lumot o‘rnida eslatib o‘tish joiz, Alonso va David ispaniya terma jamoasida birgalikda harakat qilib, ko‘plab nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritishgan edi.
Fikrlar