Amorim Gvardiola jamoasini qanday yutganini aytib berdi
Angliya Premer-ligasi 16-turining eng qiziqarli uchrashuvlaridan biri Manchesterda hamshaharlar – “Siti” va “Yunayted” o‘rtasida bo‘ldi.
Mezbonlar birinchi bo‘limda hisobni ochganiga qaramay, Ruben Amorim shogirdlari uchrashuv yakunlanishi arafasida ikkita to‘p kiritib, g‘alabani ilib ketdi.
Bellashuvdan keyin portugaliyalik mutaxassis shogirdlari nimani evaziga “Siti”ni mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirganini aytib berdi.
- Biz bu g‘alabaga munosibmiz, deb o‘ylayman. Aslida o‘yin jud og‘ir bo‘ldi, lekin biz oxirigacha o‘z kuchimizga ishondik. Gol urishni uddaladik, bu g‘alaba o‘zimizga ham, muxlislarimizga ham juda zarur edi.
Biz 90 daqiqa to‘liq kurashni davom ettirdik va bu juda yaxshi holat. Agar “Arsenal” bilan bo‘lgan uchrashuvni esga olsak, biz birinchi bo‘limda juda yaxshi o‘ynagan edik, lekin shogirdlarim o‘shanda g‘alaba qozona olishimizga ishonmagan edi. Bugun esa, boshqacha bo‘ldi, - dedi Ruben Amorim.

Fikrlar