"An-Nasr" "Atletiko" yarim himoyachisini sotib olmoqchi

  • 20 iyun, 2023, 11:48
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z chempionatini yulduzlar bilan to‘ldirayotgan Saudiya Arabistoni klublari hali beri to‘xtash niyati yo‘q. Bu safar "An-Nasr" "Atletiko" futbolchisi Saul Nigesni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano. Mazkur transfer 10 million evroga amalga oshishi mumkin.

"An-Nasr" ayni dam Hakim Zieshni sotib olishga urinmoqda. Marokashlik vinger ushbu klubda o‘ynashga qarshi emas. Shuningdek, Brozovich ham Saudiya jamoasining radariga tushgan. 

Eslatib o‘tamiz, Saul so‘nggi yillarda "matraschilar"ning asosiy tarkibidan tushib qoldi. Yakuniga etgan mavsumda 28 yoshli futbolchi 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta assist amalga oshirdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!