
"An-Nasr" yana bir katta transferni amalga oshirish arafasida
"An-Nasr" yana bir katta transferni amalga oshirishga yaqin turibdi. Klub "Portu" vakili Otavioni 60 million evro evaziga o‘z tarkibiga qo‘shib oladi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erishib bo‘ldi. Ushbu transfer Portugaliya jamoasi uchun rekord hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, "An-Nasr" bundan oldin Brozovich, Fofana, Mane va Aleks Telles kabi futbolchilarni sotib olgandi. Shuningdek, riyodliklar bitta himoyachi olib kelmoqchi.
Fikrlar