Ana hangomayu mana hangoma. Oliveyra jang qila olmaydi yoxud Maxachev uchun Volkanovski raqib bo‘ldi!

  • 11 oktabr, 2023, 12:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

21 oktyabr kuni "UFC 294" turnirining markaziy jangida engil vazn chempioni Islom Maxachev (24-1) braziliyalik Charlz Oliveyra (34-9) bilan revansh jangida oktagonga ko‘tarilishi kerak edi. 

Tecno

Biroq, Oliveyraning mashg‘ulotda qoshidan olgan jarohati tufayli, u jangdan echildi. Ammo Islom Maxachev jang qiladi va unga Oliveyradan ham xavfli raqib duch keldi. Ya’ni, Maxachev yana revansh jangida oktagonga ko‘tariladigan bo‘ldi. Ha, faxmlaganingizdek, raqib yarim engil vazn (65,8 kg) toifasi chempioni Aleks Volkanovski (26-2) bo‘ladi. 

Ma’lumot uchun, Maxachev va Volkanovskining birinchi jangida Maxachev ochkolarga ko‘ra g‘alaba qozongandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!