
Ana xolos, Neymar ishongan klub undan yuz o‘girdi
Saudiya Arabistonidagi muvaffaqiyatsiz faoliyatidan keyin o‘z yurtiga qaytib, “Santos” a’zosiga aylangan Neymarning ishlari o‘zi kutgandek bo‘lmayapti.
33 yoshli yulduz Braziliya futboliga ham moslasha olmayapti. Ekspertlar uning o‘yinidan juda katta va ko‘p kamchilik topmoqda.
Neymarning o‘zi “Santos”da uzoq qolmoqchi emas. U yozda Evropaga qaytishni mo‘ljallagan va “Barselona”dan taklif kutayotgan edi.
Kataloniya superklubi Neymarning istagiga o‘z munosabatini bildirdi. Unga ko‘ra, “Barselona”ning sobiq futbolchisini qaytarish niyati yo‘q, klub o‘z oldiga boshqa maqsadlarni qo‘ygani aytilmoqda.
Transfer bo‘yicha mutaxassislar Neymar yozda do‘sti Lionel Messining yoniga, ya’ni “Inter Mayami”ga o‘tishi ehtimoli yuqori ekanini ta’kidlayapti. Chunki Neymar “Al-Hilol”dan AQSh klubiga o‘tmoqchi bo‘lgandi, lekin muayyan sabablarga ko‘ra, bu transfer amalga oshmagan, u Braziliyaga ketishga majbur bo‘ldi.
Fikrlar