Ana xolos! AQSh terma jamoasi Qatarga bormaydigan bo‘ldi
Eron islom respublikasi generali Qosim Sulaymonning o‘ldirilishi AQSh terma jamoasining rejalarini o‘zgartirib yubordi.
Gap shundaki, AQSh futbol federatsiyasi Yaqin Sharqda yuzaga kelgan notinch vaziyat sabab Qatarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan voz kechdi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh terma jamoasi 1 fevral kuni ushbu yig‘i doirasida Qatarda Kosta-Rika terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi lozim edi.
Ma’lumot uchun, Qosim Sulaymon kecha 3 yanvar kuni AQSh havo kuchlari tomonidan yo‘q qilingan edi.

Fikrlar