Ana xolos: Artur Beterbiev va Dmitriy Bivol P4P reytingidan olib tashlandi
Amerikaning nufuzli ESPN portali ayni paytda vazn toifasidan qat’iy nazar, dunyoning eng yaxshi bokschilarining yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unga koʻra, rossiyaliklar – Dmitriy Bivol va Artur Beterbiev oxirgi paytda kam jang oʻtkazgani bois reytingdan chetlatildi. Bundan tashqari, Mario Barriosni mag‘lub etib, WBC jahon chempioni boʻlgan Rayan Garsiya ham kerakli miqdordagi ovozlarni toʻplay olmagani uchun yuqori oʻrinlarga kiritilmadi.
ESPN ning 27 fevral holatiga koʻra, dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi:
1. Aleksandr Usik (24-0).
2. Naoya Inoue (32-0).
3. Jessi Rodriges (23-0).
4. Shakur Stivenson (25-0).
5. Devid Benavides (31-0).
6. Dzyunto Nakatani (32-0).
7. Devin Xeyni (33-0).
8. Jaron Ennis (35-0-0-1).
9. Saul Alvares (63-3-2).
10. Virjil Ortis (24-0).
Fikrlar