
Ana xolos! "Bavariya" etakchi futbolchisini sotishga tayyor
Myunxenning "Bavariya" klubi etakchisi Yozua Kimmiz klubni tark etishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, myunxenliklar endi uni ketishiga qarshilik ko‘rsatmaydi hamda yirik taklif kelib tushgan taqdirda uni sotib yuborishga tayyor.
Avvalroq, Yozuaga Ispaniya grandi "Barselona"dan jiddiy qiziqish bo‘layotgandi. 28 yoshli yarim himoyachining "transfermarkt" portalidagi bahosi 75 million evroni tashkil etadi. Uning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar