Ana xolos! Benzema prezident taklifini rad etdi

  • 18 dekabr, 2022, 03:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" hujumchisi Karim Benzema Frantsiya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvida ishtirok etish borasidagi mamlakat prezidenti Emmanuel Makron taklifini rad etdi.

Benzemada Makron bilan bir samoloyotda Dohaga borish varianti bor edi, biroq Loran Blan, Zinedin Zidan va Mishel Platini singari buni xohlamadi.

ESPN nashrining qo‘shimcha qilishicha, Benzema terma jamoani to‘liq qullab-quvvatlaydi va qaysidir ma’noda unga tegishli bo‘lgan chempionlikni qo‘lga kiritilishini istaydi. 

Eslatib o‘tamiz, futbolchi mundialga bir necha kun qolganda jarohat olib, turnirda qatnasha olmagandi. Dide Desham uning o‘rniga o‘yinchi chaqirmadi. Shu sababli, forvard Frantsiya terma jamoasi qaydnomasidan chiqarib yuborilmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!