
Ana xolos: De Xea “Arsenal” bilan o‘yinda 14 ta seyv qildi
“Manchester Yunayted” klubi safarda “Arsenal”ga qarshi bahs olib borib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu g‘alabada jamoa darvozaboni David De Xeaning xissasi katta bo‘ldi.
Zero, ispaniyalik posbon ushbu o‘yinda 14 bor jamoasini muqarrar goldan asrab qoldi. Bu natija darvozabonlar uchun ushbu mavsumdagi eng rekord natija bo‘ldi.
De Xeaning bundan oldingi eng yaxshi natijasi esa “Chelsi” bilan o‘yinda qayd etilgan edi – 7 ta seyv.
Fikrlar