Ana xolos! Donnarumma hali "Milan"ga rozilik bermagan
Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma hamon “Milan”ga yangi shartnoma borasida o‘z roziligini bildirmagan.
Bu futbolchining agenti Mino Rayola bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Boisi, aynan Rayola “Milan” Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan taqdirda, mijozining tovon pulini o‘ta yuqori qilib belgilanganidan norozi bo‘lmoqda. Ta’kidlash kerakki, “rossonerilar” rahbariyati yangi shartnomaga ko‘ra futbolchining tovon pulini 100 mln evro etib belgilashgan. Agarda “Milan” kelgusi mavsum EChL yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, ushbu ko‘rsatgich 50 mln evroni tashkil etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq bir qator OAVlar 18 yoshli darvozabon “Milan” taklifiga rozilik bildirgani haqida xabarlar tarqatgan edi.

Fikrlar