Ana xolos! Errol Spens jarohat sabab Menni Pakyao bilan jang qila olmaydi. Uning o‘rniga kim raqib bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

  • 11 avgust, 2021, 01:10
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 5
  • Boks
CHERY AUTO

21 avgust kuni "T-Mobile" arenasida professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida (-66,6 kg) WBC va IBF kamarlari egasi Errol Spens (27-0, 21KO) sobiq jahon chempioni Menni Pakyaoga (62-7-2, 39KO) qarshi ringga ko‘tarilishi belgilangan edi. 

Tecno

Jang oldidan o‘tkazilgan tibbiy ko‘rikda Errol Spensning chap ko‘zi oqida yoriqlar borligi aniqlandi va u jangda ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi.

O‘sha kuni Menni Pakyaoga anderkard jangida ishtirok etishi kerak bo‘lgan WVA Super chempionlik kamarini egasi Yordenis Ugas (26-4, 12 KO) raqib bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
12/08/2021 09:21
Бу Спенс деганлари ута куркок ва номард экан! Мана 3йилдирки мажбурий жангдан кочиб юрибди. Спенсни камарини аллакачон Кудратиллога олиб бериш керак! Пакяога карши Кудратилло чикса яхши булар эди! Лекин кариб колган Менни пенсияга чикишдан олдин, тинч жангларни хохлайди.
Jalol Axmedov
12/08/2021 09:37
Yordenis Ugas darajasi va mavqeyi banald jangchi. Bekorga WBA jahon chempioni emas.
Baxil Alihuja
12/08/2021 12:38
Ugas bir paytlar mavqei baland bulgan. Hozir esa qarib qolgan, Bokschilar uzidan kuchlilar bilan tushmaslikka harakat qiladi. Ugas dan bizga hech qanday foyda yuq. Lekin Spens kamariga uzoq yillik majburiy talabgor bu Uzbek bokschisi Abduqahhorov buladi. Daraja borasida umuman kam emas, hatto allaqachon Spens kamarini Qudratilloga berishi shart! Lekin bokschimiz menejerlari bunday qilishmayabdi
Jalol Axmedov
12/08/2021 12:55
Jangga 10 kun qolganda qayodan Qudratillo boradi? Men Pakyao uchun qaraydigan bo'lsam 10 kunlik muddatda WBA chempioni Ugas u uchun ideal alishtiruv. IBFni Spens bilan jangga buyurmasligi esa menga ham yoqmaydi. Spens bundan qo'rqadi deyishdan yiroqman. Tan olish kerak Abduqahhorov Aqshda katta nom emas va har bir Aqshlik bokschi ko'p pul keltiradigan jang hohlaydi. Bu yerda kimdir aybdor bo'lishi kerak bo'lsa bu faqat IBF tashkiloti. Spens o'zini ishini qilyapti.
Baxil Alihuja
12/08/2021 17:01
Буни аввалрок уйлаш керак! Спенсни жанги колдирилиши янгилик эмас! Аввал хам куп колдирилган. Лекин энг аввало Кудратиллони ташкилотчилар хохлашмайди. Уни кучли эканлигини яхши билишади. 10кун колганда хам боришга тайёр спортчилар куплаб топилади. ХАр холда бир огиз утиб куйган маъкул. Хорижда Мажбурий Химоя жангини колдириш учун жуда катта пул олишади. Химоя жангини хар йилга кейинга суриш учун бир неча миллионлаб олиш урфга кирган.