
Ana xolos: Klopp Muhammad Salohni “Liverpul”ga olishni istamagani fosh bo‘ldi
Bugungi kunda “Liverpul”ni Muhammad Salohsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. “Qizillar”ning eng katta muvaffaqiyatlari zamirini misrlik hujumchining mehnatlari yotibdi.
Ayni paytda Sky Sports eksperti hisoblangan “Liverpul”ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager bosh murabbiylar transfer siyosatiga aralashmasligi kerakligini Yurgen Klopp va Muhammad Saloh misolida ochib berdi.
- Yurgen Klopp o‘z davrida Muhammad Salohni jamoaga olishni istamagan. U Yulian Brandtni olib kelishni talab qilgandi. Klub rahbariyati misrlik futbolchiga u “Chelsi”ga o‘tmasidan oldin qiziqqan.
Saloh “Roma”da o‘ynay boshlaganidan keyin “Liverpul” mutasaddilari uni olish kerak, degan fikrda qat’iy turdi. Mana hozir Muhammad Saloh qanday natijalarga erishganini ko‘rib turibmiz, aslida hammasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi.
Men hamon o‘yinchini murabbiylar tanlashi noto‘g‘ri, deb hisoblayman. Murabbiy ko‘ngliga kelganini qilishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Mana, “Manchester Yunayted” Erik ten Xag so‘ragan archa o‘yinchilarni olib keldi. Jamoaning ahvoliga bir qarang, - dedi Jeymi Karrager.
Fikrlar