Ana xolos! "Lester"ham Azar uchun kurashga qo‘shildi
Myunxengladbaxning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Torgan Azar yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Het Laatste Niuews tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli belgiyalik futbolchiga “Lester” klubi jiddiy qiziqish bildirishmoqda. “Tulkilar” skautlari ushbu futbolchini joriy mavsum sinchkovlik bilan kuzatishmoqda.
Azarga “Lester”dan tashqari shuningdek bir qator ingliz klublari, xatto Madridning “Atletiko”si ham da’vogarlik qilishmoqda. “Dorishunoslar” ushbu futbolchining transferini tahminan 20-30 mln evroga baholashmoqda. Biroq ushbu summa futbolchining JCh-2018da ko‘rsatgan o‘yinlariga qarab ko‘tarilishi mumkin.
Azarga shuningdek Londonning “Chelsi” klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Aristokratlar” Torganni qayta sotib olish huquqiga ega.
Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsum Bundesligada jami 22ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar