Ana xolos! Malkom futbolchilik faoliyatini davom ettirolmasligi mumkin

  • 03.10.2019 21:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol

Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi shifokori Aleksandr Medvedev jamoaning braziliyalik hujumchisi Malkom jiddiy jarohatga yo‘liqqanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra Malkom ushbu jarohat sabab futbolchilik faoliyatiga yakun yasashi mumkin.

“Sodda qilib aytganda Malkomda chap oyoq harakatini amalga oshiruvchi asosiy qism jiddiy jarohatlangan.

Tiklanish jarayoni puxta kechmoqda, ammo u hali maydonga qayta olmaydi, xatto u buni juda ham xohlayotgan bo‘lsa ham. Bu juda kam uchraydigan jarohatlardan biri. Agar vaziyat yomonlashsa, bu uning sportdagi faoliyatiga nuqta qo‘yishi mumkin”, - deydi Medvedov.

Eslatib o‘tamiz, “Zenit” Malkomni joriy yoz “Barselona”dan 40 mln evro evaziga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Komol Omon
05/10/2019 01:05
40000000$ ухладия