
Ana xolos: “Manchester Siti” barcha turnirlar, hatto Chempionlar ligasidan chetlatilishi mumkin
“Manchester Siti” bir yarim yil muqaddam 115 ta moliyaviy qoidabuzarliklarni sodir etishda ayblangan edi. Hozir bu ish ko‘rib chiqilmoqda.
Agar klubning aybi isbotlansa, qo‘pol qoidabuzarliklar sodir etgani aniqlansa, “Manchester Siti” jiddiy jazoga tortiladi.
Telegraph Sport nashrining yozishicha, bu holatda jamoa Angliya Premer-ligasidan chetlatilishi ehtimoli katta. Bundan tashqari, “shaharliklar”ning boshqa musobaqalar – Angliya kubogi, Liga kubogi, Evropa Chempionlar ligasi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati kabi turnirlarda ishtirok etishiga ham ruxsat berilmasligi mumkin.
Manba bunga asos sifatida Angliya kubogi reglamentidagi 31-bandni keltirmoqda. Unda “Agar klub musobaqalarga qo‘yilgan bo‘lsa, keyin ligadan chetlatilsa, Professional o‘yin palatasi(PGB) klubni musobaqalardan chetlatishi mumkin”, deb yozilgan.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, Chempionlar ligasining qoidalari juda murakkab va ko‘p narsa UEFAning klublarni litsenziyalash tartibiga bog‘liq bo‘ladi. Angliya klublarini litsenzilash bilan Angliya futbol assotsiatsiyasi va Angliya Premer-ligasi ma’muriyati shug‘ullanadi. Bu esa, mamlakat hududida Chempionlar ligasidan chetlatish vakolatini beradi.
Fikrlar