Ana xolos! Messi "Barsa"dan ketishga juda yaqin kelmoqda
RAC1 nashri muxbiri Jerar Romero hujumchi Lionel Messining "Barselona" bilan yangi shartnoma imzolashdan uzoq ekanligini tasdiqladi.
Qayd etilishicha, vaziyat deyarli ortga qaytmaydi va argentinalikning klubni tark etish ehtimoli hech qachon hozirgidek yuqori bo‘lmagan. Jamoa sardorlariga bu haqda xabar berilgan.
Shuningdek, Messi "Barselona"ning hozirgi tarkibidan norozi ekanligi ta’kidlangan.
Avvalroq, klub jamoa a’zolariga vaziyat haqida ma’lumotni qanday taqdim etish haqida o‘ylayotgani haqida xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Messi 1 iyuldan buyon erkin agent hisoblanadi.

Fikrlar