
Ana xolos! "Nasaf" Andijonga bosh murabbiysiz keldi
O‘zbekiston chempionatida Superliganing birinchi davrasi yakuniga etdi. Lekin bu bilan jamoalar hali yozgi tanaffusga chiqib ketishgani yo‘q. Ma’lumki, bugun va ertaga O‘zbekiston Liga Kubogining 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ertaga Andijondagi «Sog‘lom avlod» stadionida «Andijon» klubi Qarshining «Nasaf» jamoasini qabul qiladi.
Bugun «Nasaf» vakillari Andijonga etib kelishdi. Lekin qizig‘i shundaki, «Ajdarlar» bosh murabbiysiz kelishgan. Ro‘ziqul Berdievning Andijonga nima sababdan kelmagani albatta ajablanarli va bu borada turli gap-so‘zlar avj olmoqda.
Ma’lumki, Superliganing 13-turida «Nasaf» o‘z maydonida «Surxon»ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. Lekin o‘sha bellashuvning birinchi bo‘lim o‘rtalarida Berdiev maydonni tark etgani, bunga esa Qashqadaryo viloyati hokimining jamoa o‘yinidan noroziligini bildirganiga javoban murabbiy shunday yo‘l tutgani haqida aytilgandi va keyinchalik Ro‘ziqul Sa’dullaevich yana joyiga qaytarilgandi. Lekin o‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida ham bosh murabbiy ishtirok etmadi va uning o‘rniga katta murabbiy Shuhrat Toshpo‘latov fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi.
Shu sababli «Andijon» - «Nasaf» o‘rtasidagi uchrashuvga mehmonlarning bosh murabbiysiz kelgani turli mish-mishlarning avj olishiga sabab bo‘lmoqda. Biz esa vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida klub vakillari bilan bog‘landik. Aytishlaricha, Ro‘ziqul Berdiev Toshkentda murabbiylarning «Pro» o‘quv-kurslarida tahsil olmoqda ekan. Shunday qilib, «Nasaf» jamoasini ertaga bo‘ladigan uchrashuvga Shuhrat Toshpo‘latov tayyorlamoqda.
Fikrlar
Faqat bahona qarwidagi uyin vaqti uzgarganligi sababli obera olmaymz oberadigan kanal eplaydi baxona pfl meyyani iwlatilar qarwida xarorat 45 harkungisi eng pasi uyinni yana 5/6/7 quyaszlar issiq legiga ham qaraylar wunaqa mayda detallarga etibor berilar bopasa kursini buwatilar 0% iwilar kayfisinti
Бу уйинда кушниларга омад тилаб коламан