Ana xolos! "Paxtakor" Turg‘unboevning transferi bo‘yicha yarim pulni ham to‘lamagan yoxud "Navbahor" prezidenti tortishuv bo‘yicha nima dedi?

  • 10 aprel, 2021, 20:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor” – “Paxtakor” o‘rtasidagi o‘yin bo‘yicha bahs-munozaralar yana davom etyapti. Ayniqsa, uchrashuvdan keyin yuz bergan janjal videosi tarqalgach, gap-so‘zlar ko‘paymoqda.

Tecno

“Navbahor” klubi prezidenti Otabek Samatov ham ushbu janjalda ko‘rinish bergan, ya’ni, videoda uning so‘zlari keltirilgan.

Xullas, o‘yin atrofidagi mashmashalar tugamayapti. Samatov esa chiqarilgan videoga nisbatan o‘z munosabatini bildirar ekan, bunga nima sababligini ham ochiqladi. 

- Ijtimoiy tarmoqlarda chiqarilgan video bo‘yicha gapirsam, “Paxtakor” futbolchilari zinapoyadan chiqayotgan paytda ko‘pchilikni haqorat qildi va bittasi “namanganliklar o‘zi odam emas”, degan gapni aytdi. “Paxtakor” o‘yinchisi Abror Ismoilov esa, muxlislarni onasidan kelib, haqorat qildi. Bunga guvoh ham bor. Aynan shu gapdan keyin janjal chiqdi.  Men ichki ishlar xodimiga “bu odam emas deyapti”, degan gapni aytganman. Lekin mening gaplarimni boshqacha talqin qilishyapti. Bizni aybdor sifatida ko‘rsatishyapti. O‘sha vaziyatda “Paxtakor” klubining ma’muri atayin meni videoga olib chiqarganining sababi bor.

samatov1111

Ular hali Azizbek Turg‘unboevning pulini to‘lashmagan. Biz “Paxtakor” bilan qonuniy kelishganmiz. O‘sha uchrashuvdan oldin “Paxtakor” klubiga xat bilan chiqdik. Turg‘unboev ikki milliard olti yuz ming so‘mga sotilgan bo‘lsa, shuning besh yuzini ikkiga bo‘lib o‘tkazib bergan. Yana ikki milliard bir yuz ming qolgan. Shartnoma shunaqa tuzilganki, biz “Paxtakor”ga 1 martga qadar muxlat berganmiz. Agar o‘sha kungacha pulni to‘liq to‘lamasa, undan u yog‘iga har bir kun uchun ma’lum miqdorda ustama puli qo‘shilib borishi aytilgan. “Paxtakor” esa boshqalarni aralashtirib, shaxsan o‘zimga aloqaga chiqyapti. Ya’ni, “bunday yo‘l tutmanglar, kelishib hal qilaylik”, degan mazmunda. O‘yindan oldin esa, “Paxtakor”ga “Turg‘unboevning pulini to‘lamagansizlar, shuning uchun uni “Navbahor”ga qarshi kechadigan o‘yinlarda maydonga tushirmanglar”, degan mazmunda xat yuborganmiz. Axir ular “bizdan ustama puli olmanglar”, deganidan keyin, men ham o‘z klubimni himoya qilyapman, har tomonlama. Xullas, ular Azizbekni maydonga tushirishdi. Uchrashuvdan keyin “Paxtakor” sport direktori Ja’far aka Irismetov bilan gaplashdim. U “bu borada xat qilib beringlar”, degandi. Shu bois, rasmiy xat bilan murojaat qilgandik. Ular esa “penya”sini olmanglar, shundoq ham pulimiz yo‘q,” degan gaplarni aytishyapti. Natijada biz ham ularga shart qo‘ydik: “agar Turg‘unboev maydonga tushirilsa, u holda biz ham hamma pulni talab qilamiz”!

samatov3_1

Endi esa ular boshqacha yo‘lga o‘tishyapti. O‘sha tortishuvli vaziyatni kim videoga olganini bildim. Yana qaytaraman: men o‘shanda “bular odam emas”, deganim yo‘q. Faqat ichki ishlar xodimiga kelib, “bular odam emas deyapti”, dedim. Faqat oxirgi so‘zim namangancha shevada boshqacha eshitilgan. Holbuki, “Paxtakor” futbolchisi kiyinish xonasiga kirib ketayotib, “namanganliklar odam emas”, dedi. Buni hammamiz eshitdik-da, keyin unga e’tiroz bildirdik. Tabiiyki, bunday paytda hamma reaktsiya ko‘rsatadi. “Paxtakor”ning boshqa futbolchilari hech kimga hech nima demasdan kirib ketishdi. Bu erda ayrimlar “provokatsiya” qilishdi. Ular meni yomon ko‘rsatishmoqchi. Ammo men rahbar sifatida o‘z klubimni himoya qilishim kerak-ku! Qolaversa, bejizga kimnidir ranjitish mening tarbiyamga to‘g‘ri kelmaydi. Turg‘unboev masalasida aytganimdek, ular bizning iltimosimizni bajarmasa, nega biz ularning iltimosiga “xo‘p”, deyishimiz kerak? Hurmat qilmasa, biz ham hurmat qilmaymiz.

samatov1

Masalan, joriy mavsumning 1- va 3-turlaridagi “So‘g‘diyona” hamda “Nasaf” jamoalari bilan bo‘lgan o‘yinlarda jizzaxliklardan mag‘lubiyatga uchragan (0:1), qarshiliklar bilan esa durangga erishgan bo‘lsak-da (0:0), shu kuni stadionga yig‘ilgan muxlislar raqib jamoa futbolchilarini olqishlar bilan kuzatib qo‘yishdi. Bir so‘z bilan aytganda, muxlislarni kimdir “provokatsiya” qilmasa, ular hissiyotga berilmaydi. Namanganlik ishqibozlar ham ancha madaniyatli, - deya so‘zini yakunladi Otabek Samatov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
lochinlar navbahor
10/04/2021 21:05
Shaxsan men nasafi oyinida stadionda bolganman namanganliklar urnidan turip qarsak chalip ayniqsa oybek bozorovni kuzatip qoyishgan. Diyor esa shuncha odami madanyatsizlikda ayblayapti
Abbos Axmedov
10/04/2021 20:44
Тўппа тўғри гапни айтибди Отабек Саматов Диёр Имомхўжаев эса Навбахор мухлислари сугдийонага ва Насафга қарши ўйинда гарсалар улоқтирган деб тухмат қилди хўўўўш қаги исботинг борми Диёр ???
Akbarali Abdunazarov
12/04/2021 23:20
Бир неча йиллардан бери хамиша Пахтакорга ен босиб, кимларнингдир ердами билан чемпионатга уйнаб келаетганлиги барча мухлисларни жонига теккан, мухлислар хам халол футболни жуда яхшитушунади халк билади, мана шундай салбий холатлар Навбахор уйинига келиб такалди. Насаф билан уйинда Насаф дарвозасига пенальти белгиланган вактда Насаф уйинчиси чизикдан ташкарида эди, пахтакор уйинчиси эса жарима майдонидан ичкарига кириб кетишда йикилди нега хакам варга бориб синчиклаб курмади, чунки хакамнинг узида пеналтига хохиши бор эди. Нега шунча йил чемпион булган Бунедкор еки Локомативга мухлисларнинг эьтирози йук, чунки ушбу жамоалар кимларнингдир ердами билан натижага эришмаган. Ердам килган булса хам яккол сезилмаган. Чемпионатимизда бу каби ен босишлар давом этса бунданда аянчли холатлар булишига хеч ким кафолат бермайди. Бизга халол уйин керак!
Umarjon G'oyifov
10/04/2021 23:43
Пахтакор зўр бўлганда ЧЛ сини ютган бўларди бир марта бўлса хам. Диёрини мен жуда қаттиқ хурмат қилар эдим. Афсус у хам айнибди. Унинг виждонига вируси тушибди.
&
Ramzis ll
10/04/2021 22:41
Paxtakor futbolchilariga ham qiyinda, pul bor, sharoit zo'r, hech narsadan kamchilik yo'q, ammo lekin biroq stadioni doim ........, nima qilisan alam qiladida, shuning uchun doim Navbahor bilan o'yinlarda qandaydir hunar ko'rsatgisi keladi.
SHAXBOZ BEKMURODOV
10/04/2021 22:34
Jonga tegdi shu movzu
solijon bobokulov
10/04/2021 21:57
Пахтакор дарвозасига фақатгина ОЧЛ баҳсларида сўнгги дақиқада пенальти белгиланиши мумкин!
&
umidjon omonov
10/04/2021 21:09
Орияти йук шу пахтакорди. Нечи марта чемпион боган болса федерацияни йордами билан чемпион боган. Эркак болиб халол чемпион бол олкишлели. Кулиндан кеса халол чемпион бол бомаса эркак болиб йуткиз хезалакларча йутмасдан