
Ana xolos! “Real” fanatlari Ronalduni olib kelishni talab qilmoqda!
“Real” rahbariyati kutilmagan bosimga duch keldi. Madridlik fanatlar klub prezidenti Florentino Peresdan jamoa tarixida eng ko‘p gol urgan Krishtianu Ronalduni ortga qaytarishni talab qila boshladi.
Ma’lumki, portugaliyalik to‘purar “Manchester Yunayted”dan ketmoqchi va jamoa mashg‘ulotlariga kelgani yo‘q. Uning agenti Jorje Mendesh mijozi uchun yangi ish joyi qidirmoqda.
Avvalroq, Ronaldu “Real”dan boshqa Chempionlar ligasida qatnashadigan har qanday klubda o‘ynashga tayyor ekani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Ronaldu jahon futboli tarixida eng ko‘p gol urgan hujumchi hisoblanadi. U klublar miqyosida 930 ta uchrashuvda 694 ta gol va 221 ta assist muallifi bo‘lgan. Bundan tashqari Portugaliya terma jamoasi uchun 189 ta o‘yinda 117 ta to‘p kiritgan.
Fikrlar