Ana xolos! "Real" Ronalduning o‘rniga Neymarni olib keladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres yozda 222 mln evro evaziga PSJga ko‘chib o‘tgan “Barselona” hujumchisi Neymar haqida hamon unuta olmayapti.

Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha kataloniyaliklarning sobiq prezidenti Sandro Rosel Braziliya terma jamoasi a’zosini “Santos”dan sotib olishda Peresga xalaqit bergan. Yakunda esa Neymar “Barselona” a’zosiga aylangan.

Ishonchli manbaalar bergan ma’lumotlarga ko‘ra Peres allaqachon Neymarning otasi bilan uni “Real”ga ko‘chib o‘tishi borasida gaplashgan. Unga ko‘ra Ronalduning “Real” bilan amaldagi shartnomasi yakunlangach, Neymar “qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tadi. Takidlash lozimki, portugaliyalik futbolchining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

O‘z navbatida PSJ ham Neymarni qo‘yib yubormoqchi emas. Parijliklar prezidenti Nosir Al-Xelaifi o‘z qo‘l ostidagilarga braziliyalik futbolchi jamoada o‘zini yaxshi hich qilishi uchun barcha ishlarni amalga oshirishni buyurgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!