
Ana xolos! Ronalduning sovrinini Levandovskiga olib berishdi
“Bavariya” to‘purari Robert Levandovski Globe Soccer tomonidan 2020 yilning eng yaxshi futbolchisi, deb e’tirof etildi.
Bu sovringa da’vogarlar qatorida Chiro Immobile (“Latsio”), Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”), Karim Benzema (“Real”), Lionel Messi (“Barselona”), Markinos (“Pari Sen-Jermen”), Sadio Mane (“Liverpul”) va Serj Gnabri (“Bavariya”) bor edi.
Globe Soccer saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada aslida eng ovozni Krishtianu Ronaldu to‘pladi. Unga 42 foiz muxlis ovoz berdi. Biroq, portugaliyalik hujumchi yangi asrning eng zo‘r futbolchisi nominatsiyasida g‘olib chiqqanini inobatga olgan jyuri a’zolari “Yil futbolchisi” sovrinini 38 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinni egallagan Robert Levandovskiga topshirishga qaror qildi.
Fikrlar