Ana xolos! Shohjahon Ergashev faoliyatini yakunladi!

  • 24 yanvar, 2022, 13:29
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super engil vazn(63.5 kg) toifasida faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz Shohjahon Ergashev boksdagi yurishini to‘xtatganligini ma’lum qildi. Bu haqida u o‘z Instagram sahifasida yozib qoldirdi.

Tecno

- Uzoq vaqt uyda bo‘lmadim, va otam meni uyga kelishimni so‘radi. Otam bilan juda ham ko‘p suxbatlashdik, oz bo‘lsa ham bosib o‘tgan yo‘llarimizni yodga oldik. Men 29 yoshdaman va bugun birinchi marotaba otam sportdagi faoliyatimni yakunlashimni so‘radi. Hamma narsani bosh va oxiri bo‘lgani kabi sport ham abadiy emas. Meni qo‘llab quvvatlagan barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman!

Men hayotimda yangi sahifa ochyapman! Boksni butkul tashlamayman va bir kun yana ringda bo‘lsam faqatgina o‘zim uchun ringda bo‘laman. O‘zimni yangi sohada sinab qo‘raman, ammo bu sport sohasi emas.
Barchaga omad!

Ma’lumot uchun, Shohjahon Ergashev professional boksda 21 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. 19 ta jangida esa nokaut qayd etgandi.

Afsuski, yurtdoshimizda hali, chempionlik uchun jang o‘tkazish imkoniyati bo‘lar edi. Biroq, u shunday qarorga kelgan ekan, boshqa sohada ham unga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

image_2022-01-24_13-32-24

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
26/01/2022 10:25
Шохжахонга хизматлари учун рахмат ва Кейинги фаолияти учун омад тилайман!
&
Zamon
24/01/2022 23:51
Nafaqat buksda uzbekistondagi eng zur vatanparvar sportchi