Eldor Shomurodovning sherigi Odil Ahmedov o‘ynagan jamoa bilan kelishuvga erishdi

  • 29 dekabr, 2021, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”da Eldor Shomurodov bilan birga o‘ynayotgan armanistonlik Genrix Mxitaryan professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin Rossiya Premer-ligasi vakili “Krasnodar” sport direktori bo‘lib ishlaydi.

Tecno

Bir necha xorij matbuoti 32 yoshli futbolchi “Krasnodar” klubi xo‘jayini Sergey Galitskiy bilan bu borada kelishib olgani haqida yozmoqda.

Ma’lumki, “Krasnodar” klubida yaqindagina butsalarni mixga ilgan Odil Ahmedov o‘ynagae va bu jamoa tarkibida Rossiya chempionati sovrindori bo‘lgan.

Genrix Mxitaryanning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Rim klubi unga yangi bitim taklif qilmaydigan bo‘ldi.

maxresdefault_10

“Roma” futbolchisini “Spartak”da kutishyapti

Armaniston terma jamoasi safida eng ko‘p gol urgan Genrix Mxitaryan mavsum oxirida “Roma”ni tark etadi.

Rim klubi mutasaddilari yoshi o‘tib qolayotgan yarim himoyachiga yangi bitim taklif qilmaydi.

Ayni paytda Mxitaryanga Rossiya premer-ligasidan qiziqish borligi aytilmoqda. Moskvaning “Spartak” klubi unga shartnoma taklif qilishga tayyor.

Mxitaryan joriy mavsumda “bo‘rilar” safida 23 marotaba maydonga tushdi, ikkita gol urib, beshta golli pas oshirdi.

Transfermarkt portali tajribali o‘yinchining transfer narxini 15 million evroga baholamoqda. “Spartak” uni yozda erkin agent sifatida tekinga olmoqchi.

220848_m

Mourino “Roma”ni chempion qiladi

“Roma” himoyachisi Rojer Ibanes portugaliyalik bosh murabbiy Joze Mourino qo‘l ostida ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritishi, xususan, Italiya chempionligiga erishishiga chin dildan ishonmoqda.

- “Roma”ning kuchli jihatlari ko‘p. Ulardan biri  bu bosh murabbiy. Men u bilan bir tilda gaplashishim mumkin. U haqiqatan o‘ziga xos murabbiy. Bu mavsum bo‘lmasa ham, keyingilarida Joze “Roma”ni chempionga aylantiradi.

“Roma” bilan Skudettoni qo‘lga kiritish men uchun azaliy orzu, - dedi  Rojer Ibanes.

23 yoshli braziliyalik futbolchida Italiya pasporti ham bor. Avvalroq, u Italiya terma jamoasi uchun o‘ynashga tayyorligi ham bildirgandi.  Uning rimliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan.

rue8091071da1

Kumbulla oxirigacha kurashadi

“Roma”ning 21 yoshli himoyachisi Marash Kumbulla o‘ziga bo‘layotgan takliflarga e’tibor qaratmay, Joze Mourino boshqarayotgan jamoaning asosiy tarkibiga kirish uchun kurashadigan bo‘ldi.

Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha, albaniyalik futbolchi klub sport direktori  Tyago Pintoga o‘zi bo‘yicha tushayotgan takliflarga rad javobini berishni so‘ragan va maqsadi “Roma”da o‘ynash ekanini ma’lum qilgan.

Iste’dodli himoyachi rimliklar asosiy tarkibiga kira olmayotgan bo‘lsa-da, unga “Napoli”, “Fiorentina”, “Kalyari” va “Torino” kabi klublardan taklif bo‘lyapti.

Kumbulla joriy mavsumda 13 ta o‘yinda ko‘rinish berdi. Uning klub bilan hamkorligi 2025 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. Yosh o‘yinchi 22 million evroga baholanmoqda.

kumbulla

“Roma”ning kutgani bo‘lmadi

“Roma” mutasaddilari yozda Italiya terma jamoasi safida og‘ir jarohat olgan Leonardo Spinatstsolaning tiklanishini intizorlik bilan kutmoqda.

Aslida mahoratli himoyachi noyabr va dekabr oylarida mashg‘ulotlarga qo‘shilib, yangi yildan safga to‘liq qaytishi kutilgandi.

Lekin o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar Spinatstsola to‘liq tiklanishi cho‘zilayotganini ko‘rsatdi. Yangi ma’lumotlarga qaraganda, u jamoa safiga kelasi yilning fevral oyida qaytishi mumkin.

Joze Mourinodan tashqari, bu himoyachini Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini ham sabrsizlik bilan kutmoqda.

461282_1

O‘runovning transferi bo‘yicha jinoiy ish ochilishi kutilmoqda. Hammasi Oston rostini aytib qo‘yganidan boshlangan!

Yaxshiboev "Real"ga gol urganidan keyin transfer narxi qanchaga oshdi?

Bu jamoada Shomurodovga o‘rin yo‘q!

Shomurodov “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Arsenal” futbolchilari bilan o‘ynashi mumkin!

O‘runovni “Spartak”da nega o‘ynatishmadi? Sirlar ochilmoqda!

Shomurodov “Olimpiko”ni portlatdi!

Rossiya klubi O‘runovni transfer qilishga o‘ylanib qoldi!

Shomurodov shoshilmasa bo‘lmaydi!

Birorta nashr Shomurodovni asosiy tarkibga loyiq ko‘rmadi, Mourino esa...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!