
Ana xolos! UEFA Chempionlar ligasi va Evropa ligasini to‘xtatadi
Manbalarning xabar berishicha, “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli turnirlari – Chempionlar ligasi va Evropa ligasi tashkilotchisi hisoblangan UEFA tez orada bu turnirlarni to‘xtatish bo‘yicha qarorini e’lon qiladi.
Xalqaro tashkilotning bu qarorga kelishiga qit’ada yangi musobaqa – Evropa Superligasi tashkil etilgani sabab bo‘ldi. Yangi turnirda qatnashishiga rozilik bergan jamoalar orasida evroturnirlarning amaldagi ishtirokchilari ham bor. Xususan, Evropa Chempionlar ligasida yarim finaliga yo‘llanma olgan “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Real” ham bor.
Evropa ligasida ishtirok etayotgan “Arsenal” va “Manchester Yunayted” ham yangi turnirga birinchi bo‘lib qo‘shilgan 12 ta klub qatoridan joy oldi.
Bundan tashqari, “Real” prezidenti Florentino Peres Evropa Superligasining rahbari, “Yuventus” xo‘jayini Andrea Anelli va “Manchester Yunayted” egalaridan Joel Gleyzer vitse-prezident lavozimlarini egalladi.
UEFA va FIFA yangi turnirda o‘ynaydigan klub va futbolchilarni xalqaro musobaqalardan chetlatishi haqida ogohlantirdi.
Fikrlar