Ana xolos! UFC 249 turniri bekor qilindi

  • 10.04.2020 09:52
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, UFC 249 turniri 18 aprel kuni AQShning Kaliforniya shtati Lemur shahrida tashkil etilishi kerak edi. Ammo mazkur jang kechasi koronavirus pandemiyasi sababli bekor qilingan.

UFC prezidenti Dana Uayt ushbu voqeylikka izoh berdi.

“Bizga yuqoridan qo‘ng‘iroq qilishdi. Menga kelasi shanba kuni musobaqani o‘tkazmaslik uchun to‘xtatish kerakligini aytishdi. 

Ammo barchasi yaxshi, biz buni bosib o‘tib, imkon qadar tezroq qaytishimiz kerak. Bosim menga ta’sir qilmaydi: men ushbu biznes bilan 20 yildan beri shug‘ullanaman. Boshqa odamlar nima deb o‘ylashlariga ahamiyat bermayman.

Ammo sog‘liq va xavfsizlik birinchi navbatda bizni tashvishga soladi. Biz tez orada qaytamiz ”,-dedi Uayt.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!