
Ana xolos! Zarruh Adashevning jangi ham qoldirildi
UFCda o‘z janglarini o‘tkazayotgan hamyurtimiz Zarruh Adashev 14 noyabr kuni Las-Vegasda tashkil qilinadigan "UFC Fight night" turnirida ikkinchi jangini o‘tkazishi kerak edi. U amerikalik Jeff Molinaga qarshi oktagonda ko‘tarilishi kutilayotgandi.
Biroq yurtdoshimizda koronavirus aniqlanganligi tufayli, ushbu jang yanvar oyiga qoldirildi.
Ma’lumot uchun, Molina faoliyati mobaynida 10 ta jang o‘tkazgan, ularning 8 tasida g‘alaba qozongan va 2 marotaba mag‘lubiyat qayd etgan. Yana shuni qo‘shimcha qilish lozimki, Molinaning yurtdoshimizga qarshi jangi UFC promoushenidagi debyuti bo‘ladi.
Fikrlar