
Anasxon Rahmatov: Biz bugun hech narsani kuchaytirmadik, xotirjam bo‘ldik, xolos
Futzal bo‘yicha Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Misr – O‘zbekiston uchrashuvi yakunlandi. Mazkur bahsda terma jamoamiz 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. G‘alaba golini urgan Anasxon Rahmatov o‘yindan keyin quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Kiritgan golim? Hozir hayajondaman. Bir nima deya olmayman. G‘alaba goliga sababchi bo‘lganim uchun Allohga shukur. Xursandman. Bugun biz hech narsani kuchaytirmadik. Hotirjam o‘ynashga harakat qildik.
Dastlabki daqiqalarda gol o‘tkazib yubormaslikni uddaladik. Tayyorgarlik zo‘r bo‘ldi. Keyingi bahslarda ham xotirjam bo‘lishimiz kerak. Allohga shukur, yigitlarda ishtiyoq etarli", - dedi futbolchi.
Fikrlar